Vatan himoyasi yo‘lida fido bo‘lgan qahramonlar xotirasi yod etildi
2026-08-22 19:25:00 / Yangiliklar

Unda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyati Kengashi vakillari, faxriylar va nuroniylar ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida jon fido qilgan harbiy xizmatchilarning ibratli hayot yo‘li va jasorati yodga olindi. Yosh avlodni Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik ruhida tarbiyalash, qahramonlarning oila a’zolariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 2000–2001-yillarda Sariosiyo voqealari davomida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning oila a’zolari holidan xabar olindi. Uchrashuvlarda qahramonlarning Vatanga sadoqati, yurt tinchligi yo‘lidagi jasorati va fidoyiligi haqida so‘z yuritilib, yaqinlariga samimiy hurmat va ehtirom bildirildi.
Jumladan, Yangiyer shahrida tug‘ilgan katta leytenant Alisher Salomovning xonadoniga tashrif buyurilib, oila a’zolari bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Unda qahramon harbiy xizmatchining hayot yo‘li va Vatan himoyasi yo‘lidagi jasorati yodga olinib, oila a’zolariga ma’naviy dalda bildirildi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati





