Jasoratli yoshlar – Yangi O‘zbekiston tayanchi
2026-08-22 19:20:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda kuch tuzilmalari hamkorligida tashkil etildi.
O‘quv-yig‘in Mirzaobod tumanida joylashgan safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida tashkil etilib, uning ochilishida ishtirokchilarga harbiy xizmatning asosiy tartib-qoidalari, o‘quv-yig‘inining maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida Toshkent harbiy okrugi harbiy orkestr jamoasining musiqiy chiqishlari, yosh harbiy xizmatchilarning qo‘ljangi namoyishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurot ulashdi.
Shuningdek, yoshlar uchun zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi tashkil etilib, ishtirokchilarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati




