Harbiy sohada oliy ta’limdan keying ta’lim yuzasidan seminar
2026-08-20 13:10:00 / Yangiliklar

Oliy ta’limdan keying ta’limga harbiy xizmatchilarni keng jalb qilish, harbiy xizmatchilar tomonidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga chorlash maqsadida Mudofaa vazirli Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi boshqaruv apparatida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining malakali mutaxassislari bilan birga qo‘mondonlik bo‘ysunuvidagi qo‘shilma va harbiy qismlarning ofitserlari ham videokonferens-aloqa tarzida ishtirok etdi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim yuqori malakali ilmiy va pedagog kadrlarni tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchi kabi shakllarda tashkil etiladi. Shuningdek, stajyor-tadqiqotchilik oliy ta’limdan keying ta’lim institutiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
So‘zga chiqqanlar Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida ilmiy izlanish ishlarini olib borish, ilmiy darajaga ega bo‘lish tartibi va talablari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Ochiq va samimiy davra suhbati tarzida tashkil etilgan mashg‘ulotda harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan to‘liq javob oldi.
TOQQQ matbuot xizmati




