"Sodiq do‘st" va kinologlar mahorat maydonida
2026-08-15 16:35:00 / Yangiliklar

Musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining tayyorgarligi, chaqqonligi va xizmat itlari bilan o‘zaro hamjihatlikdagi harakatlarini namoyish etdilar. Tanlovning okrug bosqichida harbiy qismlardan saralanib kelgan jamoalar “Bo‘ysunish”, “300 metr masofaga to‘siqlarni yengib o‘tish”, “Dog biatlon – 3200 metrga yakka tartibda yugurish”, "Maxsus mashqlarni bajarish", “Mina (portlovchi moddalar) qidirish xizmati” kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
“Bo‘ysunish” shartida xizmat itining egasi bergan buyruqlarni aniq va o‘z vaqtida bajarishi, intizomi hamda boshqaruvga bo‘ysunish darajasi hakamlar tomonidan baholandi. Bu orqali itlarning intizomi, bo‘ysunuvchanligi va tezkor sezgirligi baholandi.
Tanlov davomida faqat xizmat itlarining emas, balki ularni parvarishlovchi kinolog harbiy xizmatchilarning ham jismoniy va harbiy tayyorgarligi qat’iy sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakunida g‘oliblar esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati









