“Tong” oromgohida yozgi mavsumlar yakunlandi
2026-08-12 18:10:00 / Yangiliklar

Mavsumlar davomida bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishi va sog‘lomlashtirilishiga alohida e’tibor qaratilib, turli sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar, ijodiy tanlovlar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Yakuniy mavsum so‘ngida tantanali tadbir o‘tkazilib, unda bolalar tomonidan kuy-qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Mavsum davomida faol ishtirok etgan bolalar hamda jamoa a’zolari munosib taqdirlandi.
Shu tariqa, quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlarga boy besh mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. “Tong” oromgohi bolajonlar uchun yangi do‘stliklar, yorqin xotiralar va mazmunli dam olish maskaniga aylandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








