Mutolaa maydonida yangi marralar
2026-08-12 15:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi “Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda vazirlik va idoralar bilan qaror va nizomini ijrosini harbiy qism va muassasalarda yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish masalasi muhokama qilindi.
Mazkur uslubiy oʻquv yigʻinida koʻzlangan maqsad Prezidentimiz, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Qurolli Kuchlar tizimida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish va shaxsiy tarkibning kitob oʻqishga qiziqishini oshirishga qaratildi. Mazkur qaror bilan “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanloviga 4 toifa boʻyicha, ya’ni “Temurbeklar maktabi”, “Jaloliddin Manguberdi” harbiy akademik litsey oʻquvchilari, muddatli harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda serjant va ofitserlar ishtirok etishi ta’kidlandi. Shuningdek, “Ma’naviyat qalqoni” kitobxonlik tanlovi gʻoliblarini munosib ragʻbatlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ijobiy tajriba sifatida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan “Ma’naviyat qalqoni” platformasi yaratilgani hamda tavsiya etilgan adabiyotlar mazkur platformaga yuklangani harbiy xizmatchilar toʻliq foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratishi aytib oʻtildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti




