Bilim va tafakkur sinovida okrugning eng yaxshi jamoasi aniqlandi
2026-08-12 12:20:00 / Yangiliklar

Bellashuvda harbiy qism bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan 6 ta jamoa ishtirok etdi. Ikki raunddan iborat bahs davomida ishtirokchilar jami 30 ta savolga javob berib, o‘zlarining bilim, mantiqiy fikrlash, tezkor mushohada yuritish va jamoaviy qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijani qayd etgan jamoa aniqlanib, Mudofaa vazirligi bosqichida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bunday intellektual bellashuvlar harbiy xizmatchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik va ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati








