Shahrisabzda rahbar va yoshlar uchrashdi
2026-08-09 09:15:00 / Yangiliklar

Samimiy muloqot chog'ida rahbarlar o'z bosib o'tgan hayot yo'llari haqida mehmonlarga qisqacha so'zlab berib, yaxshi o'qish, intilish orqali belgilangan maqsadlarga erishish mumkinligi yuzasidan hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Harbiy xizmatchi bo'lish hamda oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish uchun belgilangan talablar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shundan so'ng rahbarlar tomonidan yoshlarning orzu-maqsadlari va kelajakdagi rejalari tinglandi. Bir nechta yoshlar tomonidan harbiy xizmatchi bo'lish, ta'lim va tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit olish kabi masalalarda murojaatlar qilindi. Bir qancha murojaatlar yechimi mas'ullar tomonidan joyida hal etilgan bo'lsa, qo‘shimcha vaqt talab etiladigan ayrim masalalar bo'yicha tegishli shaxslarga vazifalar belgilandi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






