Harbiy xizmatchilar kibersport maydonida
2026-08-08 12:00:00 / Yangiliklar

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlash, tezkor va aniq qaror qabul qilish, shuningdek, jamoa bilan hamjihatlikda harakat qilish borasidagi salohiyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda har bir jamoa g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi.
Kibersport bellashuvi harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bilan bir qatorda, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga ham xizmat qildi.
Musobaqa jarayonlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan nizom va qoidalarga qat’iy rioya etilgan holda baholab borildi. Hakamlar ishtirokchilarning o‘yin davomida qayd etgan natijalari, jamoaviy harakatlari, strategik yondashuvi hamda o‘yindagi faolligini atroflicha inobatga oldilar.
Yakunda yuqori natija qayd etgan jamoalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Taqdirlash marosimi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kelgusidagi kibersport musobaqalarida yanada faol qatnashish istagini kuchaytirdi.
Bunday musobaqalar harbiy xizmatchilarning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mantiqiy va strategik fikrlash qobiliyatlarini takomillashtirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati




