Raqamli taraqqiyot yoʻlida hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-08-05 17:40:00 / Yangiliklar

Mazkur memorandum harbiy sohada raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish, sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik yoʻnalishlarini rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish hamda ushbu sohalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishni nazarda tutadi.
Memorandum doirasida harbiy xizmatchilar, talaba-yoshlar va soha mutaxassislari ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari, amaliy seminarlar, malaka oshirish kurslari hamda qoʻshma loyihalarni tashkil etish, ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish rejalashtirilgan.
Tadbir davomida tomonlar oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashdi. Xususan, harbiy sohada axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, kiberxavfsizlikni taʼminlash, yoshlarni IT sohasiga keng jalb etish hamda taʼlim va amaliyot uygʻunligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda oʻzaro tajriba almashish, qoʻshma taʼlim va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni harbiy faoliyatga bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





