Mudofaa vazirligi kadr organlari xodimlari malakasini oshirdi
2026-07-31 16:45:00 / Yangiliklar

Ushbu kurslar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda milliy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar doirasida tashkil etilgan bo‘lib, 2022-yildan beri “Yurist va kadrlar” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Shu kungacha mazkur dastur asosida 150 nafardan ortiq kadr organlari xodimi malaka oshirgan bo‘lsa, joriy yilning iyul oyida Mudofaa vazirligining 50 nafar xodimi navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
O‘quv dasturi davomida tinglovchilarga mehnat qonunchiligi va Mehnat kodeksi talablari, kadrlar bilan ishlashning zamonaviy usullari, HR-menejment tizimini joriy etish, davlat xizmatini raqamlashtirish, shuningdek, inson resurslarini samarali boshqarish masalalari bo‘yicha tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Kurs yakunida tinglovchilarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati hamda Mudofaa vazirligi mas’ul vakillari ishtirokida belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









