Vatanga sadoqat — shukronalikdan boshlanadi
2026-07-24 14:55:00 / Yangiliklar

Unda harbiy xizmatchilar, komandirlar tarkibi hamda soha mutasaddilari ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning konseptual mazmuni, mudofaa tizimida ro‘y berayotgan tub yangilanishlar va xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari xususida atroflicha fikr almashildi.
Tadbirlar davomida alohida ta’kidlanganidek, bugungi kunda Qurolli Kuchlarni zamonaviy talablar asosida transformatsiya qilish, qo‘shinlarning jangovar shayligini muttasil takomillashtirish, harbiy xizmatchilarni ilg‘or qurol-yarog‘ va zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlash, ularning xizmat faoliyati va turmush sharoitlarini yanada obod etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Xususan, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilish, munosib yashash sharoitlarini yaratish, uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmat va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi izchil chora-tadbirlar davlatning insonparvarlik siyosati yorqin namunasidir.
Harbiy okrug qo‘mondonligi va harbiy qism komandirlari o‘z ma’ruzalarida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan yangilanishlar nafaqat Qurolli Kuchlarning institutsional rivojiga, balki harbiy jamoalarda yuqori intizom, sadoqat va daxldorlik tuyg‘ularini qaror toptirishga ham xizmat qilayotganini qayd etdi. Shuningdek, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli harbiy xizmatning nufuzi tobora yuksalib, Vatan himoyachilarining jamiyatdagi maqomi va e’tibori yangi sifat bosqichiga ko‘tarilayotgani e’tirof etildi.
Tadbirlar yakunida ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevorini bunyod etish, davlat mudofaa qudratini izchil yuksaltirish va harbiy xizmatchilar manfaatlarini ishonchli ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati





