O‘zbekiston va Yaponiya harbiy tibbiyot sohasidagi hamkorligi yangi bosqichda
2026-07-23 19:40:00 / Yangiliklar

Tashrif dasturiga ko‘ra, xorijiy delegatsiya bugun 23-iyul kuni Markaziy harbiy klinik gospitali faoliyati, undagi zamonaviy shart-sharoitlar va davolash usullari bilan yaqindan tanishdi. 24-iyul kuni esa mehmonlar Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutiga tashrif buyurib, ta'lim jarayoni hamda harbiy Shifokorlarni tayyorlash tizimini ko‘zdan kechirishadi.
Ushbu uchrashuvlar davomida ikki mamlakat vakillari sohada o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi strategik hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida harbiy tibbiyotning boshqa ustuvor yo‘nalishlarida ham ikki taraflama aloqalarni izchil rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda. Bu kabi xalqaro hamkorlik mamlakatimiz harbiy tibbiyot tizimini yanada takomillashtirish va soha kadrlarining salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







