Halollik – korrupsiyaga qarshi kurashning eng muhim omili
2026-07-23 17:25:00 / Yangiliklar

Tadbirda Toshkent harbiy prokuraturasining malakali xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ushbu illatni yuzaga keltiruvchi omillar hamda uning oldini olish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik normalari, davlat va harbiy xizmatda halollik, xolislik hamda mas'uliyat tamoyillariga qat'iy amal qilishning ahamiyati alohida ta'kidlandi.
Mutaxassislar tomonidan ta'magirlik va boshqa korrupsion holatlarning nafaqat huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishi, balki jamiyatda adolat tamoyillariga putur yetkazishi, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini susaytirishi hamda harbiy jamoalarda sog‘lom ma'naviy-ruhiy muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatishi amaliy misollar asosida tushuntirib berildi.
Tadbir davomida har bir harbiy xizmatchining Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishi, xizmat burchini vijdonan ado etishi, qonun ustuvorligi va xizmat intizomiga og‘ishmay rioya qilishi Qurolli Kuchlarning obro‘-e'tiborini yuksaltirish, jangovar shaylik va salohiyatni mustahkamlashning eng muhim omillaridan biri ekani qayd etildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Korrupsion xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat faoliyatida qonuniylikni ta'minlash hamda harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan amaliy tavsiyalar bildirildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati






