Termiz poligonida maxsus bo‘linmalar dala o‘quv yig‘ini o‘tkazildi
2026-07-22 17:55:00 / Yangiliklar

Mashgʻulotlarda harbiy xizmatchilar favqulodda vaziyatlarda tezkor va aniq qaror qabul qilish, mavjud vositalardan oqilona foydalanish hamda belgilangan meʼyorlarga qatʼiy amal qilish boʻyicha yuqori tayyorgarlik darajasini namoyon etdi.
O‘quv jarayonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, DXX Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati mutaxassislari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etilib, idoralararo hamkorlik va tezkor harakatlarni muvofiqlashtirish ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Oʻquv yigʻini yakunida shaxsiy tarkibning jangovar shayligi, kasbiy salohiyati va amaliy koʻnikmalari yanada mustahkamlandi. Oʻtkazilgan mashgʻulotlar boʻlinmalarning har qanday murakkab va keskin vaziyatlarda yuklatilgan vazifalarni aniq, ishonchli hamda samarali bajarishga tayyorligini amalda namoyon etdi.









