"Jasorat maktabi" ishtirokchilari Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashdi
2026-07-20 17:05:00 / Yangiliklar

Dastlab rahbarlar harbiy qismda yaratilgan xizmat va maishiy sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoni hamda yoshlar uchun tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik mashg‘ulotlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng harbiy qism madaniyat markazida "Rahbar va yoshlar" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar ta'lim, kasb-hunar, bandlik, sport, harbiy xizmat va ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda takliflarini bildirdi.
Uchrashuv davomida viloyat hokimi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Tadbir yakunida yoshlarning barcha savollariga batafsil javob berilib, ularning fikr va tashabbuslariga alohida e'tibor qaratildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati





