Para o‘q otish: O‘zbekiston kubogida kuchlilar aniqlandi
2026-07-20 12:00:00 / Yangiliklar

Ikki kun davom etgan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan jami 40 ga yaqin atletlar erkaklar va ayollar ishtirok etishdi.
Musobaqa shartiga ko‘ra ishtirokchilar 22 ta dasturda nishonlarga o‘q uzish orqali aniqlik, diqqatni jamlay olish hamda texnik tayyorgarlik darajasini namoyish etgan holda g'oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi.
Musobaqa davomida sportchilar nafaqat o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi, balki qat’iyat, sabr-toqat, intizom va mas’uliyat kabi muhim fazilatlarni yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.
Raqobat muhiti esa ularda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish, ruhiy barqarorlikni saqlash hamda o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Bahslar yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








