Leytenantlar har jabhada toblanmoqda
2024-08-17 18:55:00 / Yangiliklar

Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan harbiy qismda tashkil etilgan yigʻin qatnashchilariga Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligi malakali harbiy xizmatchilari tomonidan sohaga doir bilimlar yetkazilyapti. Oliy harbiy taʼlim maskanlarida egallangan nazariy bilimlarni amalda qoʻllash boʻyicha muhim koʻnikmalar berilmoqda.
Shuningdek, yigʻin rejasiga koʻra Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovar joylari, tarixiy qadamjolari boʻylab qilinayotgan sayohatlar, madaniy hordiq olishga moʻljallangan tadbirlar yosh ofitserlarning milliy qadriyatlar va anʼanalarimizni yanada chuqurroq oʻrganishlariga zamin yaratyapti.
Har yili muntazam ravishda oʻtkaziladigan mazkur yigʻinlar endigina harbiy lavozimlarni qabul qilgan ofitserlarning oʻziga ishonchini oshirish, boshqaruvchanlik qobiliyatini yanada mustahkamlash uchun xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

