Qashqadaryoda dzyudo bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi
2026-06-27 13:20:00 / Yangiliklar

Bellashuvlarning tantanali ochilish marosimida ishtirokchilarga omad tilanib, harbiy xizmatchilar hayotida jismoniy tayyorgarlik va sportning o‘rni alohida ta’kidlandi.
Joriy yildagi sport musobaqalarining kalendar rejasiga muvofiq o‘tkazilgan mazkur bellashuvlarda vazirlik miqyosida saralangan 10 dan ortiq jamoa tarkibidagi 150 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Malakali hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilgan murosasiz bahslar 60, 66, 73, 81, 90, 100 hamda +100 kilogramm vazn toifalarida tashkil etildi. Kurashlar davomida sportchilarning yuqori tayyorgarligi, irodasi va mahorati yaqqol namoyon bo‘ldi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan harbiy qism jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindorlar kubok, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






