Harbiy xizmatchilarimiz xalqaro musobaqada faxrli o‘rinni egalladi
2026-06-27 11:10:00 / Yangiliklar
2026- yilning 22-27-iyun kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahridagi "Uruchye" sport o‘yinlari saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning harbiy xizmatchilari o‘rtasida harbiy beshkurash bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

Bir necha kun davomida Belarus, O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, va Tojikistondan kelgan harbiy sportchilar o‘q otish, to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish, granata uloqtirish, suzish va 8 kilometrga kross yugurish bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari har bir bahsda munosib ishtirok etib, 1 ta oltin, 6 ta bronza medallarni qoʻlga kiritdi va umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi.
Bugun erta tongda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yurtmizga qaytgan harbiylarimiz Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari, oila a'zolari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali tarzda kutib olindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








