O‘zbekiston yoshlari “Aybin-2026” xalqaro harbiy-vatanparvarlik yig‘inida munosib ishtirok etmoqda
2026-06-24 19:40:00 / Yangiliklar

Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda jami 59 ta jamoa ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya va Belarus davlatlari jamoalari hamda mezbon davlatning 53 ta jamoasi o‘zaro bellashmoqda.
Yig‘in doirasida ishtirokchilar uchun harbiy-amaliy va intellektual yo‘nalishlarda turli musobaqalar tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar quyidagi shartlar bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi:
• “Bilimdonlar bellashuvi” (Qozog‘iston tarixi bo‘yicha);
• AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish;
• turnikda tortilish;
• “Smart sarbaz” robototexnika tanlovi;
• harbiylashtirilgan kross;
• pnevmatik quroldan otish marrasi.
Quvonarli jihati, e’lon qilingan dastlabki ikkita shart, ya’ni "AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish" bo‘yicha yoshlarimiz 1-o‘rinni, “Bilimdonlar bellashuvi” yo‘nalishida esa 3-o‘rinni egallashdi.
24-iyun kuni esa ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro kuch sinashadilar:
• harbiylashtirilgan estafeta;
• 50 metr masofaga erkin usulda suzish;
• arqon tortish.
O‘zbekistonlik ishtirokchilar xalqaro maydondagi ushbu musobaqada o‘zlarining bilim, jismoniy tayyorgarlik va harbiy-amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Kapitan Ruyiddin Bobomurodov
Mudofaa vazirligi Axborot va ommviy kommunikatsiyalar departamenti









