“Aybin–2026”: Xalqaro harbiy-vatanparvarlik yig‘iniga start berildi
2026-06-22 20:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus va Ozarbayjon davlatlarining terma jamoalari qatnashdi. Marosim davomida ishtirokchi jamoalar tantanali ravishda tanishtirilib, musobaqa dasturi hamda uning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berildi.
Musobaqaning ilk kunida ishtirokchilar o‘rtasida dastlabki bellashuvlar ham o‘tkazildi. Jumladan, yoshlar turnikka tortilish hamda bilimlar sinovi kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Mazkur bahslarda jamoalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, nazariy bilimlari va harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi salohiyatini namoyon etdilar.
“Vatan tayanchi” harakati a’zolaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa bahslarida munosib ishtirok etib, keyingi shartlarga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Musobaqa davom etmoqda. Terma jamoamizga navbatdagi bahslarda muvaffaqiyat va yuksak natijalar tilaymiz.
kapitan Ruyiddin Bobomurodov
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









