Qashqadaryoda kadr organi ofitserlari sinovdan o‘tkazildi
2026-06-22 15:40:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida kadrlar organi harbiy xizmatchilari saf ko‘rigidan o‘tkazilib, musobaqa shartlari hamda baholash mezonlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ko‘rik-tanlov doirasida ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi ham sinovdan o‘tkazildi. Xususan, 100 metr va 3 kilometr masofalarga yugurish hamda turnikda tortilish mashqlarida harbiy xizmatchilar o‘z jismoniy imkoniyatlari va tayyorgarlik darajasini namoyon etdi.
Shuningdek, kadrlar organi mutaxassislarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari ham baholandi. Dasturiy ta’minot hamda kompyuter savodxonligi yuzasidan o‘tkazilgan test sinovlari ishtirokchilarning nazariy bilim darajasini aniqlashga xizmat qildi.
Amaliy otish mashqlari harbiy qism hududida joylashgan trenajyor majmuasida tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini namoyon etib, nishonlarga aniq va samarali zarbalar berish orqali yuqori natijalarga erishdi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati






