Qoraqalpog‘istonda “Vatanparvarlik festivali” o‘tkazildi
2026-06-22 14:35:00 / Yangiliklar

Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiy orkestri hamda Nukus garnizonidagi harbiy qismning faxriy qorovul jamoasi, tuman yoshlari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari, jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Tadbir davomida harbiy orkestr tomonidan Vatan, xalq va yurt tinchligini madh etuvchi musiqiy kompozitsiyalar ijro etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashgan kuy-qo‘shiqlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Festival doirasida Nukus garnizonidagi harbiy qism fahriy qorovul jamoasi tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Jamoaning yuqori mahorat, intizom va harbiy tayyorgarlikni aks ettirgan chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati









