Askar hayoti ota-onalar nigohida
2026-06-21 10:40:00 / Yangiliklar
Tadbir davomida mehmonlar harbiy qism hududida tashkil etilgan zamonaviy infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirdi. Xususan, askarlar yotoqxonasi, o‘quv binolari, tibbiyot punkti, panoramali otish sinflari hamda zamonaviy qurol-aslaha namunalari bilan yaqindan tanishib, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, harbiy qism mutasaddilari tomonidan harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jangovar va ma’naviy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, xizmatni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirning badiiy qismi ishtirokchilarda alohida taassurot qoldirdi. Unda harbiy orkestr jamoasi hamda Sirdaryo tumani Madaniyat markazi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, Vatanga sadoqat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash g‘oyalarini targ‘ib etdi.
Yakunida xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishib, o‘zining fidokorona mehnati va namunali xizmati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari qism qo‘mondonligi tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati
