Harbiy aloqa institutida katta tantana
2026-06-20 13:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda keng jamoatchilik vakillari bitiruvchilarni qutlab, kelgusi xizmat faoliyati va shaxsiy hayotlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Mudofaa vazirini mudofaa vazirining raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Baxrom Urmanov davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda yosh leytenantlarga diplom va koʻkrak nishonlarini topshirdi.
Joriy yilda mazkur institutni qozog‘istonlik, tojikistonlik va qirg‘izistonlik kursantlar ham a’lo baholar bilan tamomlaganini alohida e’tirof etish joiz.
Tadbirning badiiy qismi milliy an’analar ruhi va qadimiy ohanglar hamda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari bilan davom etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









