Havo sarhadlari tomon yo‘l olgan ofitserlar
2026-06-20 13:50:00 / Yangiliklar
Bugun Harbiy aviatsiya instituti tarixida o‘chmas iz qoldirgan kun, sababi institut tashkil topgan kundan boshlab o‘zining 29-bitiruvchi sarlochinlari mustaqil O‘zbekistonimizning havo sarhadlari tomon kuzatildi.

Mazkur tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi rahbariyati, Qashqadaryo viloyatidgi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda kursantlarning ota-onalari ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olganlar bitiruvchilarga ta’lim-tarbiya bergan ustozlari va ota-onalariga minnatdorlik bildirib, yosh ofitserlarning kelgusi xizmatida ulkan zafarlar tiladi.
Tadbirning badiiy qismi harbiy-vatanparvarlik festivali ko‘rinishida o‘tkazilishi ushbu tadbirning salmog‘ini yanada oshirdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









