Yosh ofitserlar yelkasiga sharafli masʼuliyat yuklandi
2026-06-20 13:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida harbiy tibbiyot yo‘nalishini tamomlagan yosh mutaxassislar inson salomatligi va hayotini asrashdek ulug‘ vazifaga sodiqlik ramzi sifatida Gipokrat qasamini qabul qildilar.
Marosimda so‘zga chiqqan mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev va boshqalar yosh ofitserlarga yangi-yangi dovonlarni zabt etishda kuch-quvvat tiladi. Leytenantlar ham zimmalaridagi ulkan mas’uliyatni his qilgan holda o‘zlariga bildirilgan yuksak ishonchni kelgusidagi munosib faoliyati bilan oqlashga va’da berdilar.
Bitiruv marosimining badiiy qismida namoyish etilgan turli sahna chiqishlari va konsert dasturlari barchaga birdek bayramona kayfiyat ulashdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









