Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida navbatdagi bitiruv tantanasi
2026-06-20 12:20:00 / Yangiliklar

Institut bitiruvchilariga diplom va koʻkrak nishonlarini Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Zaynobiddin Iminov, Jamoatchilik kengashi a’zolari, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlaridan kelgan mehmonlar birgalikda tantanali topshirdi.
Shuningdek, ota-onalar hamda Qurolli Kuchlar faxriylari bitiruvchilarni qutlab, kelgusi xizmat faoliyati va shaxsiy hayotlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasasida ofitser bo‘lishni maqsad qilib, belgilangan muddat davomida tanlagan sohalari bo‘yicha ta’lim-tarbiya olgan o‘g‘lonlar shu tariqa navbatdagi xizmat joylariga kuzatildi.
Bitiruv marosimi turli sahna chiqishlari va konsert dasturlari bilan davom etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









