Malaka oshirish kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
2026-06-19 12:50:00 / Yangiliklar

Unda oliy maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, jamoatchilik vakillari, bitiruvchilar hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va serjantlar korpusining nufuzini oshirish borasidagi ishlar alohida ta’kidlandi. So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan tabriklab, xizmat faoliyatida ularga muvaffaqiyat tiladilar.
Marosim yakunida kursni a’lo natijalar bilan tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi hamda namunali xizmat faoliyati bilan ajralib turgan harbiy xizmatchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Tadbirning badiiy qismida Samarqand garnizoni harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar marosimga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.





