Talaba-yoshlar harbiy ta’lim tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
2026-06-18 19:05:00 / Yangiliklar

Shuningdek, ishtirokchilar Serjantlar tayyorlash oliy maktabining o‘quv jarayoni va kursantlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ularga yotoqxona, ovqatlanish majmuasi, sport inshootlari hamda jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Davra suhbatlari davomida harbiy ta’limning afzalliklari, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda harbiy kasbning jamiyatdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir ishtirokchilari zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari bilan ham tanishib, ularning texnik-taktik xususiyatlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlarni tingladi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati






