Mudofaa vazirligi markaziy apparatida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-06-18 11:55:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatida mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov rahbarligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi. Shuningdek, murojaatchilar tibbiy, uy-joy, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Xususan, qabul davomida fuqaro Shavkat Rahmatullayev murojaati ham ko‘rib chiqildi. U 2023-yil sentyabr oyiga qadar Mudofaa vazirligi tizimida ofitser lavozimida xizmat qilgan bo‘lib, oilaviy sharoiti sababli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan.
Murojaatchi keyingi yillarda fuqarolik sohasida mehnat faoliyatini davom ettirganini, biroq turli sabablarga ko‘ra qiyinchiliklarga duch kelganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan u harbiy xizmatni davom ettirish istagini bildirib, amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, fuqaroning harbiy xizmatga qayta qabul qilinishi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi hamda uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Sayyor qabul davomida har bir murojaatchi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning muammolarini qonuniy asosda hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday qabullar fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda davlat organlari va xalq o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti




