Ogohlik va hushyorlik — eng kuchli qalqon
2026-06-17 17:50:00 / Yangiliklar

Unda mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi, oila barqarorligi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, giyohvandlik insonning hayotiy maqsadlari va kelajagiga jiddiy xavf tug‘diruvchi illat ekani alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida giyohvandlikka qarshi kurashishda davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolar, ota-onalar va jamoatchilikning ham mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilarga giyohvandlikning oqibatlari, uning inson organizmi va ruhiyatiga ta’siri hamda ushbu illatning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yakunda harbiy xizmatchilar sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chaqirildi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati







