Aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
2026-06-17 12:40:00 / Yangiliklar

Tibbiy ko‘riklar zamonaviy diagnostika uskunalari yordamida olib borildi. Xususan, ultratovush tekshiruvi (UZI) va elektrokardiografiya (EKG) apparatlari orqali fuqarolarning salomatlik holati chuqur o‘rganilib, yurak-qon tomir tizimi, ichki a’zolar hamda boshqa kasalliklarning dastlabki alomatlarini aniqlash imkoniyati yaratildi. Jarayonlar belgilangan tartib va sanitariya-gigiyena me’yorlariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil qilindi.
Tadbir davomida tajribali va malakali mutaxassislar — terapevt, kardiolog, otorinolaringolog, xirurg hamda boshqa yo‘nalishdagi shifokorlar tomonidan fuqarolar kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Har bir murojaatchining salomatlik holati individual tartibda baholanib, tibbiy xulosalar berildi. Shuningdek, aniqlangan kasalliklar yoki xavf omillaridan kelib chiqib, qo‘shimcha tekshiruvlar, profilaktik choralar hamda davolanish bo‘yicha zarur tavsiyalar va yo‘llanmalar taqdim etildi.
Aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va tibbiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan bunday tadbirlar fuqarolarning salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tibbiy xizmatlarning mahallaning o‘zida tashkil etilgani keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda uzoq masofaga qatnashda qiyinchilikka duch keladigan fuqarolar uchun qulaylik yaratdi.
Mahalla aholisi mazkur tashabbusni katta mamnuniyat bilan qarshi olib, bepul va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilganini yuqori baholadi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









