“Millat fidoyilari” — avlodlar uchun ma’naviy jasorat maktabi
2026-06-15 12:35:00 / Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega mazkur tadbirda harbiy okrugning rahbar va mas’ul ofitserlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislari, harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Taqdimot marosimida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda tarixiy xotirani asrash, milliy qadriyatlarni ulug‘lash va buyuk ajdodlarimiz hamda zamondosh fidoyilarimizning ibratli hayot yo‘lini keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilayotganini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida kitob-albomning mazmun-mohiyati atroflicha yoritilib, unda aks etgan qahramonlarning hayot yo‘li, fidoyiligi, yuksak insoniy fazilatlari va Vatan oldidagi xizmatlari yosh avlod uchun chinakam jasorat maktabi ekani e’tirof etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi vakillari o‘z chiqishlarida tarixiy xotira va ma’naviy merosni asrash, milliy o‘zlikni anglash hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashda bunday nashrlarning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligini qayd etdi. Shuningdek, kitob-albom yoshlarni milliy g‘urur, vatanparvarlik, fidoyilik va ajdodlarga munosib bo‘lish ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy qo‘llanma sifatida baholandi.
Taqdimot yakunida “Millat fidoyilari” kitob-albomi milliy tariximiz va ma’naviy merosimizni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi, unda mujassam bo‘lgan fidoyilik va jasorat namunalarini keng targ‘ib etish esa barkamol, vatanparvar va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biri ekani alohida qayd etildi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati








