Yosh sportchilar aniqlik va mahoratda kuch sinashdi
2026-06-13 16:50:00 / Yangiliklar

Unda o‘g‘il va qiz bolalar alohida toifalarda ishtirok etib, o‘zaro mahorat bellashuvlarida kuch sinashdi. Qatnashchilar miltiq va to‘pponchadan 10 metr masofadagi nishonlarga o‘q uzish orqali aniqlik, diqqatni jamlay olish hamda texnik tayyorgarlik darajasini namoyish etdi. Har bir ishtirokchi yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga solib, bellashuvlarga mas’uliyat bilan yondashdi.
Musobaqa davomida yosh sportchilar nafaqat o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi, balki qat’iyat, sabr-toqat, intizom va mas’uliyat kabi muhim fazilatlarni yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi. Raqobat muhiti esa ularda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish, ruhiy barqarorlikni saqlash hamda o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Bahslar yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








