Markaziy serjantlar kengashi yig‘ilishida ustuvor vazifalar belgilab olindi
2026-06-12 18:30:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish davomida serjantlar korpusini rivojlantirish, harbiy intizomni mustahkamlash hamda xizmat faoliyati samaradorligini oshirish borasida bugungi kunga qadar erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, faoliyat jarayonida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar muhokama etilib, ularning kelib chiqish sabablari yuzasidan tanqidiy va tahliliy fikrlar bildirildi.
Kamchiliklarni bartaraf etish, ularning takrorlanishining oldini olish hamda xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq vazifalar va amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Kengash a’zolari tomonidan mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilib, ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari muhokama qilindi.





