Tog‘ sharoitidagi murakkab sinovlar harbiy mahoratni mustahkamlamoqda
2026-06-12 09:15:00 / Yangiliklar

Mazkur kurs tog‘li hududlarda xizmat olib boruvchi harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, kasbiy mahorati hamda murakkab sharoitlarda harakatlanish ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratilgan. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar tog‘ relyefida harakatlanish, tik qoyalarga ko‘tarilish va ulardan tushish, tabiiy hamda sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha amaliy vazifalarni bajaroshdi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar shartli yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda guruh tarkibida muvofiqlashtirilgan harakatlanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.
Kurs dasturidan otish tayyorgarligi mashg‘ulotlari ham o‘rin olgan bo‘lib, unda harbiy xizmatchilar turli masofalardagi nishonlarga amaliy o‘q otish orqali qurol-aslahalardan samarali foydalanish mahoratini oshirdi.
Bunday mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning tog‘li hududlarda xizmat va jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma hamda malakalarni rivojlantirish, shuningdek, ularning jangovar shayligi va ruhiy-irodaviy sifatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









