“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-06-10 19:20:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti rahbariyati hamda Toshkent harbiy prokuraturasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi vakillari tomonidan yoshlarning muammo va takliflari, qiziqishlari hamda kelgusidagi maqsadlari tinglandi.
Muloqot jarayonida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar egallashlari va sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishliligi bo‘yicha ijroga olindi.
Mazkur tadbir yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, shuningdek, vatanparvarlik ruhini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi va yoshlarning Vatanga sadoqat, yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Uchrashuvdan so‘ng ishtirokchilar G‘alaba bog‘i majmuasidagi Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurib, Vatanimiz harbiy tarixi, xalqimizning jasorat va matonat an’analari hamda Ikkinchi jahon urushi yillaridagi qahramonliklarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishishdi.









