Jalaquduq tumani mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi
2026-06-10 11:30:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda mudofaa va harbiy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, harbiy-ma’muriy infratuzilmani rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida barpo etilgan mazkur obyekt zamonaviy talablarga to‘liq mos ravishda qayta ta’mirlandi.
Rekonstruksiya ishlari davomida binoning ichki va tashqi qismi to‘liq yangilanib, xizmat faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Xizmat xonalari zamonaviy mebel va texnik vositalar bilan jihozlandi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yanada kengaytirildi.
Ochilish marosimida Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda mudofaa salohiyatini mustahkamlash, harbiy boshqaruv organlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda respublika bo‘ylab mudofaa tizimi obyektlarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jalaquduq tumani Mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi ham mazkur islohotlarning amaliy natijasi bo‘lib, harbiy boshqaruv samaradorligini oshirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti





