Harbiy xizmat — Yoshlar kelajagi uchun yangi imkoniyatlar maydoni
2026-06-08 10:25:00 / Yangiliklar

Mazkur tamoyil asosida Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etilib, kurslar orqali harbiy xizmatchilar xizmat davomida bir vaqtning o‘zida zamonaviy kasb-hunar sirlarini ham egallab bormoqda. O‘quv jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlagan askarlarga davlat namunasidagi sertifikatlar topshirilishi ularning kelgusidagi mehnat faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mashg‘ulot jarayonlari Chirchiq shahrida joylashgan 1-sonli texnikum bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Belgilangan reja asosida askarlarga kompyuter IT texnologiyalari va dasturlash, elektropayvandlash va chilangarlik ishlari, elektromantyorlik, xorijiy tillar, buxgalteriya hisobi, tadbirkorlik asoslari hamda servis xizmatlari yo‘nalishlarida nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda.
Mashg‘ulotlar malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar asosida olib borilayotgani yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlarning ishlab chiqarish jarayonlariga yaqin sharoitda tashkil etilgani askarlarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha puxta tajriba orttirishida muhim omil bo‘lmoqda.
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi matbuot xizmati







