Harbiy safdan talabalik sari muhim qadam
2026-06-08 10:20:00 / Yangiliklar

Harbiy qism va garnizonlarda yaratilgan qulay sharoitlar, ta’lim olishga qaratilgan imkoniyatlar hamda mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak yoshlarning oliy ma’lumot olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda. Bu esa o‘z navbatida, harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlarning kelajak hayotida mustahkam o‘rin egallashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad muddatli harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning oliy ma’lumot olishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, harbiy xizmat va ta’lim jarayonlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.
Ta’kidlash joizki, harbiy xizmat davrida ta’lim olish imkoniyatining yaratilishi yoshlarning vaqtini samarali tashkil etish, ularning bilim darajasini oshirish va kelgusida tanlagan kasbi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishiga keng yo‘l ochmoqda. Bu esa Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan yoshlarning nafaqat harbiy, balki ilmiy va kasbiy salohiyatini ham yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
III darajali serjant Akbar AXMEDOV,
Termiz garnizoni







