Vatan tayanchi otryadining faol aʼzolariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2026-06-06 15:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qoʻmondonligi, Termiz harbiy prokuraturasi, Surxondaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, “Vatan tayanchi” otryadining faol yoshlari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularning bilim olishi, kasb egallashi hamda Vatan himoyasiga munosib farzandlar boʻlib kamol topishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida toʻxtalib oʻtishdi.
Shuningdek, “Vatan tayanchi” harakati yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
Mazkur imtiyozli tavsiyanomalar yoshlarning oʻqish va jamoat ishlaridagi faolligi, intizomi hamda harbiy-vatanparvarlik tadbirlaridagi namunaviy ishtiroki asosida topshirildi.
Tadbir yakunida munosib deb topilgan faol oʻquvchilarga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirilib, ularning kelgusida Vatan ravnaqi va mamlakat taraqqiyoti yoʻlida munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirildi.
III darajali serjant Akbar AXMEDOV,
Termiz garnizoni.








