Harbiy xizmatchilar salomatligi — doimiy e’tiborda
2026-06-05 19:10:00 / Yangiliklar

Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida joylashgan Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda tashkil etildi. Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda kasalliklarni erta aniqlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Harbiy qism tibbiyot punktida tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda malakali shifokorlar, tor soha mutaxassislari hamda laboratoriya xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lig‘i yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida qon tahlillari topshirish, ultratovush tekshiruvi (UZI) hamda elektrokardiografiya (EKG) ko‘rigidan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tibbiy ko‘rik yakunlariga ko‘ra, jami 155 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, zarur hollarda qo‘shimcha davolanish va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati









