Harbiy tibbiyot instituti va Central Asian University hamkorligi amaliy natijalar bermoqda
2026-06-05 15:20:00 / Yangiliklar

Mazkur amaliyot talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, zamonaviy tibbiy muhitda faoliyat yuritish hamda malakali mutaxassislar rahbarligida kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini yaratdi.
Amaliyot davomida talabalar turli bo‘limlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarida bevosita ishtirok etishdi. Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tajriba maktabi bo‘ldi.
Shuningdek, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni kelgusida Harbiy tibbiyot institutiga jalb etish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borildi. Institut rahbariyati bilan o‘tgan uchrashuvda talabalarga institutga qabul qilish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari hamda o‘qish shartlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.







