Uch avlodlar muloqoti — tarbiya va tajriba maydoni
2026-06-04 19:40:00 / Yangiliklar

Unda O‘zbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev ishtirok etib, mamlakatimizda nuroniylar va yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak maqsadlar sari intilish ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtaldi.
Uchrashuv davomida faxriylar tomonidan hayotiy tajriba, mehnat faoliyati va xizmat yo‘li bilan bog‘liq fikr-mulohazalar bildirildi. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar hamda faxriylardan batafsil javob oldi.
Tadbirning ikkinchi qismi Termiz garnizonidagi harbiy qismda davom etdi. Mehmonlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv-moddiy baza, harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bilan tanishdir.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarning “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida kasb-hunar egallashi hamda oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.







