Keksalarga e’tibor va ehtirom — xalqimizga xos ezgu qadriyat
2026-06-03 15:55:00 / Yangiliklar

Ana shu ezgu tamoyillar asosida Mudofaa vazirligi Alohida ko‘rgazmali-namunali harbiy orkestri hamda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambili san’atkorlari ishtirokida Toshkent shahar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Musiqiy dastur davomida Alohida ko‘rgazmali-namunali harbiy orkestr ijrosida yangragan betakror kuy-navolar yig‘ilganlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Milliy va zamonaviy ohanglar uyg‘unligida ijro etilgan asarlar nuroniylar qalbida iliq xotiralarni uyg‘otib, ularni go‘yo yoshlikning beg‘ubor damlari sari yetakladi. Musiqa sadolari ostida yuzlarda tabassum, ko‘zlarda esa mamnunlik ifodasi namoyon bo‘ldi.
Shuningdek, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambilining iste’dodli xonandalari tomonidan ijro etilgan dilbar taronalar tadbir qatnashchilarining ko‘nglidan chuqur joy oldi. Vatan, tinchlik, insoniylik va mehr-oqibatni ulug‘lovchi qo‘shiqlar yig‘ilganlarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Tadbir yakunida ko‘plab nuroniylar o‘z minnatdorligini bildirib, ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yuksak insonparvarlikning yorqin namunasi ekanligini ta’kidlashdi. Ularning duolari va ezgu tilaklari tadbirning eng samimiy va ta’sirli lahzalariga aylandi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









