“Tong” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohining ilk mavsumi boshlandi
2026-06-03 12:40:00 / Yangiliklar

Oromgohda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, xorijiy tillarni o‘rgatish, sport musobaqalari, ijodiy to‘garaklar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Mashg‘ulotlar tajribali pedagoglar tomonidan olib borilib, bolalarning qiziqishi va iqtidorini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, oromgohda dual ta’lim tizimi asosida faoliyat yuritilib, iqtidorli talabalar amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Mavsumning tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, unda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli hamda Chirchiq garnizoni harbiy orkestri ishtirok etib, bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Kelgusi mavsumlar davomida ham qiziqarli dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib harbiy qismlar, tarixiy obidalar va muzeylarga sayohatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









