Jasorat maydonida yoshlar oʻzligini namoyish etdi
2026-06-02 19:50:00 / Yangiliklar

Musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan mutasaddilar mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, bunday tadbirlar yoshlarning harbiy-amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda kelajakda Vatan himoyachilari sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Musobaqa davomida jamoalar olti shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar harbiy-amaliy tayyorgarlik, jismoniy chiniqqanlik, chaqqonlik, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlik borasidagi imkoniyatlarini namoyish etdi. Ayniqsa, harbiy-amaliy mashqlar va estafeta sinovlari yoshlarning qat’iyati, irodasi hamda murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan namoyish etilgan faollik, intilish va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq musobaqaning nafaqat sport bellashuvi, balki vatanparvarlik tarbiyasining muhim vositasi ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan jamoa g‘olib deb topildi. G‘oliblar “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkaziladigan tantanali tadbirda munosib taqdirlanadi hamda keyingi bosqichlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati









