41 yillik sharaf yo‘li
2026-06-02 19:45:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar harbiy qismning 41 yillik faoliyati davomida bosib o‘tgan sharafli yo‘l, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari, erishilgan yutuqlari hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, harbiy qism oldida turgan ustuvor vazifalar, jangovar shaylikni yanada oshirish, harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish va zamonaviy talablar asosida rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tantanali marosimda harbiy qismning taraqqiyoti va xizmat faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Bayram dasturi doirasida yoshlar va bolalar uchun qator madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi. Xususan, shaxmat va shashka musobaqalarida yoshlar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Bolajonlar uchun tashkil etilgan ko‘ngilochar maydonchalarda esa turli o‘yinlar, attraksionlar va qiziqarli dasturlar ularga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishida harbiy orkestr jamoasining chiqishlari alohida o‘rin tutdi. Vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar va musiqiy kompozitsiyalar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlab, tadbirning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi.
Toshkent harbiy okrugi matbot xizmati









